TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Eronda xorijiy uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi. Bu haqda RIA Novosti Eronning IRNA agentligiga tayanib xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, hodisa 8-noyabr, juma kuni ertalab mamlakatning janubiy-g‘arbidagi Mahshahr portida ro‘y bergan.
Hozirda ekspertlar dronning singan bo‘laklarini o‘rganishmoqda, natijalar keyinroq ma’lum qilinadi.
Mamlakat armiyasi dron urib tushirilganini tasdiqlagan.
Dron qaysi mamlakatga tegishli ekani ochiqlanmayapti.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida AQShning razvedka qiluvchi RQ-4 Global Hawk dronini urib tushirgan edi.