Yaqin kunlarda IShIDning yangi yetakchisi nomi e’lon qilinadi – AQSh razvedkasi

AQSh Milliy razvedkasi markazi rahbari Rassel Treversning taxminiga ko‘ra, yaqin kunlarda hamma IShIDning yangi yetakchisi ismini bilib oladi.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. AQSh razvedkasi IShID terrorchilik guruhining yangi rahbari (Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot) yaqin kunlar yoki haftada e’lon qilinishini taxmin qilmoqda. Bu haqda AQSh Milliy razvedka terrorizmga qarshi terrorizmga qarshi markazi rahbari vazifasini bajaruvchisi Rassell Trevers ma’lum qildi.

Rossiya va Tojikiston xavfsizlik kengashi kotiblari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

“O‘ylaymanki ... yaqin kunlarda yoki haftada yangi rahbar e’lon qilinadi”, - dedi u.

Trevers fikriga ko‘ra, Al-Bag‘dodiy o‘ldirilishi munosabati bilan yaqin vaqtlarda “G‘arb manfaatlariga qarshi hujumlar chaqiriqlari paydo bo‘ladi. AQSh vaziyat qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, Al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida Donald Tramp 27-oktabr kuni xabar qilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu terrorchi yo‘q qilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlash uchun ishonchli dalillar yo‘qligini ta’kidlagan edi.