Probatsiya xizmati faoliyatiga doir hukumat qarori tayyorlandi

Xorijiy tajriba va xalqaro standartlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Jasliq qamoqxonasi mahbuslari uchun alohida qamoqxona qurilmaydi - IIV

Qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilangan: birinchi navbatda nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish mexanizmini joriy etish;

- Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

- ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish;

- probatsiya xizmati xodimlarini malakasini oshirish tizimini va ularni Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘arma manbalari hisobidan rag‘batlantirish tartibini joriy etish;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan probatsiya bo‘linma (guruh)larining yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash;

- jazoni ijro etish kaloniyalaridan ozod etilishi rejalashtirilayotgan mahkumlarni ijtimoiy moslashuv masalalarini oldindan o‘rganib chiqish va tegishli takliflarni berish vakolatiga ega bo‘lgan probatsiya inspektori lavozimini joriy etish;

Navoiy koloniyasidagi qiynoqlar xususida IIV ma’lumoti

- yuridik yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlariga nazorat ostidagilarni ijtimoiy-psixologik portretini o‘rganish bo‘yicha maxsus mavzularni kiritish va psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni probatsiya bo‘linma (guruh)larida amaliyot o‘tash tartibini joriy etish;

-probatsiya xizmati xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida ularga yurtimizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtotransport vositalari umumiy summasining dastlabki 5 foizini hisob-kitob qilgan holda 15-yillik muddatga imtiyozli ravishda avtotransport vositalari umumiy narxining keyinchilik oshirilmagan shartlar asosida sotib olishda imtiyoz berish.

“2020 yil 1-dekabrga qadar Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura bilan hamkorlikda nazorat ostidagilarning jazodan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularni respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin”, - deyilgan loyihada.