Jasliq qamoqxonasi mahbuslari uchun alohida qamoqxona qurilmaydi - IIV

Obuna bo‘lish
Joriy yil avgust oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning eng mashhur koloniyasi - "Jasliq"ni tugatish qarorini qabul qilgan edi

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Jasliq qamoqxonasi mahbuslari uchun alohida qamoqxona qurilmaydi, deb xabar qildi bugun jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda O‘zbekiston IIV matbuot kotibi Shohruh Giyasov. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Zaklyuchenniy za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev mashhur "Jasliq" qamoqxonasini tugatmoqda

"Jasliq" koloniyasi yopilgach, mahbuslarning keyingi taqdiri haqidagi savolga javob berar ekan, Giyasov umrbod jazo tayinlangan mahbuslarni alohida saqlash kerak bo‘lgan joy qurilayotganini ma’lum qildi.

"Jasliq koloniyasi yonida umrbod ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar saqlanadigan alohida jazoni ijro etish muassassi mavjud edi. Mazkur mahkumlar jazo muddatini o‘tashi sharti talablari bo‘yicha, umumiy, qattiq yoki mos tartibdagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayetgan mahkumlardan shartli ravishda kun tartibi bo‘yicha farqlanganligi uchun hozir alohida jazoni ijro etish koloniyasi qurilishi bo‘yicha topshiriq berilgan. Koloniya alohida qurilib ishga tushgandan keyin umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar shu koloniyaga o‘tqaziladi. Hozircha ular boshqa koloniyalarga joylashtirilgan", - deb aniqlik kiritdi u. 

Giyasovning aytishicha, koloniyada o‘z jazo muddatini o‘tayotgan 385 nafar mahkum prezident qaroridan keyin 15 kun ichida, ularning oila a’zolari va yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida ilgari o‘zlari yashagan joylarga yaqin koloniyalarga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0