Navoiy koloniyasidagi qiynoqlar xususida IIV ma’lumoti

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, koloniya ma’muriyati qonunchilik meyorlariga qat’iy rioya etgan holda harakat qilgan.

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Navoiy viloyati IIBning 5-sonli ahloq tuzatish koloniyasida mahbuslar o‘z ahvolidan norozilik bildirib ovqatdan voz kechganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi.  

Bir necha kun ilgari ijtimoiy tarmoqlarda qiynoqlar tufayli besh nafar mahbus ochlik e’lon qilganligi haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Materiallarda aytilishcha, mahbuslar g‘isht pishirish pechlariga g‘ishtlarni solish va undan issiq g‘ishtlarni chiqarish uchun qo‘llaniladigan oyoq kiyim va qo‘lqoplarning yangisiga almashtirilishini so‘rab murojaat qilganligida, ular koloniya ma’muriyati tomonidan qattiq jazolandilar.

Mahbuslarning ushbu murojaatiga rejim bo‘limi boshlig‘i va koloniya boshlig‘i o‘ta shafqatsiz ravishda javob qaytarib, ularni qiynoqqa solib, so‘ngra izolyatorga joylashtiradi.

“Uchinchi oktabr kuni Navoiy viloyati IIBning 5-sonli ahloq tuzatish koloniyasida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun jazo muddatini o‘tayotgan bir necha mahbus jazo muddatini o‘tashda o‘rnatilgan tartibni buzgan holda ishga chiqishdan bor tortdi. Natijada, koloniya ma’muriyati tomonidan mahbuslarga nisbatan koloniyaning maxsus intizomiy bo‘linmasiga o‘tkazilish ko‘rinishidagi qonuniy chora - intizom jazosi qo‘llaniladi”, - deyiladi IIV xabarida.

Xo‘jand koloniyasidagi ison tashkilotchisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, jazolangan shaxslar ularga nisbatan qo‘llanilgan intizom choralariga javoban norozilik ko‘rinishida kechki ovqatni qabul qilishdan bosh tortdilar. Ular bilan o‘tkazilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng esa mazkur noxush voqea tamoman yakun topdi.

“Ayni ushbu holatda koloniya ma’muriyati qonun meyorlariga qat’iy rioya qilgan holda harakat qildi. Mahbuslarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy bosim o‘tkazilgani yo‘q”, - deb aytiladi IIV tarqatgan ma’lumotda.

Shu bilan birga hujjatda aytilishcha, mazkur koloniya mahbuslari tomonidan suiqasd amalga oshirilgani borasida holatlar aniqlangani yo‘q.

Tarmoqlardagi xabarlarga javob so‘nggida, Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikni tekshirilmagan yoki soxta ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslikka chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0