Kelajakda Rossiyada talab o‘ta yuqori bo‘ladigan kasblar ma’lum qilindi

Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga qaraganda, Rossiyada yaqin yillarda boshqaruv sohasida ommaviy kasb va mutaxassislarga talab yuqori bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiyada yaqin yillarda boshqaruv sohasida ommaviy kasb va mutaxassislarga talab yuqori bo‘ladi. Bu haqda RT Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.

Ularga buxgalter, pedagog, elektrpayvandchi, oshpaz, qandolatchi, tokar, nasos stansiyalari haydovchilari, lift bo‘yicha elektromexanik, ofitsiat, barmen kasblari kiritilgan.

Rossiyada eng zerikarli kasblar ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda yetishmasligi kuzatilayotgan muhandis-kimogar, taqsimlovchi qurilmalari uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha elektrochilangar, biotexnologik ishlab chiqarish sifati nazorati bo‘yicha menejer kabi kasblarga ham talab yuqori bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 2019-yilda sotuvchi, oshpaz, kasb ta’lim o‘qituvchisi va huquqshunos  kasblariga talab yuqori bo‘lgani xabar qilingan edi.