Putin va Erdog‘an Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajap Tayip Erdog‘an Suriya masalasini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

Erdo‘g‘on NATOga Turkiya yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi

Suhbat davomida davlat yetakchilari Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.

Putin va Erdog‘an Suriya va Turkiya harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlarni oldini olish zarurligini ta’kidladi.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, kurdlar tomonidan qo‘riqlanadigan terrorchilik tashkilotlari jangarilarining Suriyadagi yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Ikkala prezident Suriyada siyosiy yechim jarayonini davom ettirish va oktabr oyida Konstitutsiyaviy kengashni chaqirish lozimligi yuzasidan fikr bildirdi.

Suhbat oxirida Putin Erdog‘anni yaqin kunlarda Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. Kreml turk tomoni taklifni qabul qilganligini bildirdi.