Qozog‘istonda hojatxonada qizlarga yashirincha qaragan o‘zbekistonlik ushlandi

Qozog‘istonda 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi voya yetmagan shaxslarga yashirincha qarashda ayblanmoqda, unga besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Pavlodar shahridagi savdo markazida hojatxonada qizlarga telefon va oyna yordamida yashirincha qaragan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

O‘zbekistondan noyob maymun bolasini olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, 12-oktabr kuni noma’lum shaxs kichik oynacha yordamida hojatxonada 9 yoshli qizchaga qaragan. Ushbu holat aks etgan video tarmoqda tarqaldi.

Seshanba kuni politsiya vuayeristni qo‘lga oldi (bu yalang‘och odamni yashirincha tomosha qilishdan zavq oladigan inson). U 1968-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ekanligi va Pavlodardagi restoranlardan birida oshpaz bo‘lib ishlashi ma’lum bo‘ldi.

“Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 124-moddasi voyaga yetmaganlarni ahloqsizlikka o‘rgatish moddasi bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda gumonlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi hal qilinmoqda”, - deyilgan politsiya xabarida.

Bu moddada besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.