Beton yo‘llar O‘zbekistonda o‘zini oqlaydi – ekspert

Beton yo‘llar qurilishi asfalt yo‘lga qaraganda qimmatroq bo‘lsada, ularning xizmat qilish muddati ham 2-3 baravar ko‘proq.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Rossiya Transport vazirligi Jamoat kengashining sobiq vakili, "Mejregionavtotrans" assotsiatsiyasi raisi Sergey Xrapach aytishiga qaraganda Beton yo‘llar O‘zbekistonda o‘zini oqlaydi.

Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda birinchi pullik avtomobil yo‘l qurilishi boshlanadi

Umuman olganda asfalt va beton yo‘llarning tarkibi bir xil moddalardan tashkil topgan, farqi  faqat bog‘lovchi moddada, deydi ekspert. Asfalt yo‘llardan bog‘lovchi modda bitum bo‘lsa, beton yo‘llarda bu – sement.

Beton yo‘llar asfalt yo‘llargan qaraganda 2 baravar qimmat, lekin ularning xizmat muddati ham 40-50 yilgacha yetishi mumkin. Asosiysi ushbu yo‘llar qurilish texnologiyasini buzmaslik kerak. Ekspert fikriga ko‘ra, yo‘lning ostki va ustki qatlamlariga turlicha beton markalari ishlatilishi kerak.

Beton yo‘llardan, odatda, kunduzgi va tungi hamda yozgi va qishgi haroratlar keskin farq qiladigan iqlimli mamlakatlarda foydalaniladi. Dunyoda birinchi beton yo‘l AQShda 20-asr boshida qurilgan. Udan so‘ng Germaniyada. Birlashgan Arab Amirliklarida ham juda ko‘p miqdorda beton yo‘llar mavjud, deydi ekspert.

Beton yo‘llar O‘zbekistonda o‘zini oqlaydi – ekspert