To‘y va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishi qat’iy tartibga solinadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Oliy Majlis Senati “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizom”ni e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etiladi.

O‘zbekiston va Tojikistonda to‘y haqidagi qonunlar

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.

Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanadi.

Soat 23:00 dan keyin to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi.

Qo‘shaloq to‘ylarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.

Dafn etish va motam marosimlari ko‘pi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda:

to‘y o‘tkazuvchi shaxslar to‘ydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qilishi;

nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik;

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, to‘y egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno;

shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik;

mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza diniy tashkilotning vakolatli vakili tomonidan o‘qiladi.

To‘y kortejlari yo‘l harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda - IIBB

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi.

Milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan to‘ylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo‘shimcha rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “tog‘ora yuborish”, “pul sochish” va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni (“yetti”, “payshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

To‘yxona, kafe va restoranlarda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda:

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar ishtirokchilari soniga, ularni o‘tkazish vaqtiga qat’iy rioya etish;

atrofda yashovchi aholining tinchligi va osoyishtaligini hamda maishiy shovqinga qarshi kurash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzmaslik;

oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati talablari darajasida bo‘lishi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish lozim.

To‘yxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq shaxs ishtirokida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish uchun tadbir o‘tkazuvchi shaxs hamda to‘yxona, kafe va restoran rahbari o‘rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, ish va xizmat turi, to‘lov, xarajatlar miqdori, tadbir ishtirokchilari soni, muddati hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar ko‘rsatiladi.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda san’atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.

Surxondaryoda namunali to‘y bo‘ldi - mehmonlar soni 167 kishi

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

To‘yxona, kafe va restoranlar ma’muriyati to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilayotganda xavfsizlik choralarini ta’minlashi shart.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda jamoatchilik va davlat organlarining ishtiroki

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy komissiyalar deb yuritiladi), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘z vakolatlari doirasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik nazorati tashkil etilishini ta’minlaydi.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar:

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi, shuningdek, bu borada monitoringni amalga oshiradi;

keng jamoatchilik fikrini o‘rgangan holda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida o‘tkazish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib boradi hamda o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan fuqarolarni mahalla fuqarolar yig‘iniga taklif qilgan holda jamoatchilik o‘rtasida muhokama qiladi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini, “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy bo‘limlari:

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq milliy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid bo‘lgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishi va tegishli tavsiyalar berishi;

to‘y egalari tomonidan sodir etiladigan milliy urf-odat

va an’analarni mensimaslik, shuhratparastlik, isrofgarchilik kabi xatti-harakatlar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi, tegishli talablarga rioya etilmagan holatlarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqishi;

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyat va an’analarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tabaqalanishga yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazish bo‘yicha jamoaviy suhbatlar tashkil etishi;

To‘ylar - 1 kun dafn marosimlari - 3 kun davom etishi mumkin – yangi Nizom

hududda o‘tkazilishi rejalashtirilgan har bir oilaviy tadbirdan xabardor bo‘lishi, uning o‘tkaziladigan joyi, ishtirokchilar soni bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlardan oldin va keyin o‘tkaziladigan ortiqcha rasm-rusum va marosimlarning oldini olish choralarini ko‘rishi lozim.

FHDYo organlari:

nikohdan o‘tish maqsadida ariza bergan shaxslar hamda ularning ota-onalari bilan yashash joylarida, mahallada suhbatlar uyushtirishi, ularga nikohdan o‘tish tartib-taomillari, to‘y marosimlarini kamxarj va ixcham o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish berishi;

mahalliy davlat hokimiyati va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda din ulamolari, tibbiyot xodimlari, psixologlar ishtirokida

“Yosh kelin-kuyovlar klubi”, “Oila maktabi”, “Qudalar suhbati” kabi kurslar tashkil qilishi;

nikohdan o‘tish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng uch ish kunida nikohlanuvchi shaxslar yashayotgan mahalla fuqarolar yig‘inini bu haqda xabardor qilishi lozim.

Hokimiyatsiz hokim: Olmazor tumani rahbari saylovlar, mahalla va to‘ylar xususida

Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda fuqarolar o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazishga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirishga, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning shuhratparastlik va dabdaba bilan o‘tkazilishining oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etishi, shuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini ta’minlashi lozim.

To‘yxona, kafe va restoranlar ma’muriyati rejalashtirilayotgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar haqida ushbu tadbirlar o‘tkazilishidan kamida ikki kun oldin tegishli hududdagi ichki ishlar organiga yozma ravishda xabar berishi lozim.