Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi

Rossiya yetakchisi fikriga ko‘ra, AQSh, dollardan foydalanishga ta’qiq qo‘yib, "dollarni o‘z qo‘llari bilan o‘ldirmoqda" va unga bo‘lgan ishonchni ham yo‘q qilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiya dollardan to‘lov instrumenti sifatida voz kechishga hech qachon urinmagan, lekin o‘zini xatardan saqlashga majbur, deya bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

XVF vakili O‘zbekiston iqtisodini dollarga tobelikdan qanday saqlash mumkinligini aytdi

"Biz, aytish joizki, hech qachon to‘lov instrumenti sifatida dollardan voz kechish vazifasini o‘z oldimizga qo‘ymaganmiz. Lekin, shunchaki, o‘zimizni xavfsizlantirish haqida o‘ylashga majburmiz", - dedi davlat rahbari "Rossiya energetik haftaligi" forumi doirasida chet davlatlarning tegishli idoralari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvi davomida.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, AQSh, dollardan foydalanishga cheklov qo‘yib, "dollarni o‘z qo‘llari bilan yo‘q qilmoqda", unga bo‘lgan ishonchni ham.

Rossiya rahbari shuningdek, ko‘plab mamlakatlarning oltin-valyuta zaxiralari dollarda o‘z ifodasini yanada kamroq topayotganiga, jahon savdosining dollarda hisob-kitob ko‘lami pasayayotganiga e’tibor qaratdi. AQShning dollar hisob-kitobidan siyosiy kurash instrumenti sifatida foydalanishi shunga olib kelmoqdaki, ko‘plab mamlakatlar milliy valyutadagi hisob-kitoblarga o‘tishni o‘ylab qolmoqda.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga dollardan voz kechish tavsiya etildi

Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida hisob-kitobning 72%i rublda amalga oshirilayotganini ham eslatib o‘tdi.

Sal oldin eng yirik investbanklardan biri bo‘lgan JP Morgan Chase dollar jahon zaxira valyutasi maqomidan ayrilishini, bu voqea tez orada ro‘y berishini aytgan edi. Xususan, mashhur moliyachi, A. G. Bisset Associates rahbari Ulf Lindal so‘zlariga ko‘ra, yaqin besh yilda amerika pul birligi yevroga nisbatan 40 foizga o‘z qadr-qimmatini yo‘qotadi.