XVF vakili O‘zbekiston iqtisodini dollarga tobelikdan qanday saqlash mumkinligini aytdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel direktora Departamenta stran Blijnego Vostoka i Sentralnoy Azii MVF Yuxa Kaxkonen
Zamestitel direktora Departamenta stran Blijnego Vostoka i Sentralnoy Azii MVF Yuxa Kaxkonen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro valyuta fondi Yaqin Shark va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori o‘rinbosari Yuxa Kaxkonenning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodni dollarga tobelikdan saqlash mumkin va O‘zbekistonda bu borada Markaziy bank katta xizmat ko‘rsata oladi

TOShKENT, 10 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xalqaro valyuta fondi vakili Yuxa Kaxkonen O‘zbekiston iqtisodining "dollarlashuvi" darajasini qanday pasaytirish mumkinligi borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kaxkonenning ta’kidiga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasining aksariyat mamlakatlari iqtisodida "dollarlashuv" darajasi yuqori. Ammo dollarga tobelikni pasaytirish mumkin. Buning uchun milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni orttirish talab etiladi.

Pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva 26-iyulya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po voprosam realizatsii proyektov s uchastiyem inostrannix investitsiy - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: o‘zlashtirilmagan har bir dollar uchun barcha darajadagi rahbarlar javob beradi

Kaxkonen Markaziy bank bu borada salmoqli ishni amalga oshirishi mumkinligini qayd etdi.

"... misol uchun - rezervlarni ko‘paytirish, rezervlar bo‘yicha chet el valyutasiga bo‘lgan talablarni kuchaytirish kerak. Lekin aholi va investorlarda mahalliy valyutaga ishonch bo‘lishi juda muhim", - dedi u. 

XVF vakiliga ko‘ra, Markaziy bank milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni ijobiy tomonga o‘zgartirishi uchun u inflyatsiya darajasini nazoratda ushlab tura olishini ko‘rsatishi kerak. 

"Yil davomida - boshida va oxirida, qolaversa, yildan yilga inflyatsiya kutilgan prognoz ko‘rsatkichlariga mos bo‘lsa iste’molchilar yoki biznes strukturalarda kredit olishda yoki jamg‘arma ochishda chet el valyutasidan foydalanishlari uchun sabablar kamayadi", - deb ta’kidladi Kaxkonen. 

Shu bilan birga, Kaxkonen O‘zbekistonda narxlar liberallashuvi jarayoni kechayotgani tufayli ma’lum vaqt inflyatsiyani bitta raqam darajasiga olib kelish qiyin bo‘lishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 9-noyabr kuni XVF departamenti direktori o‘rinbosari Yuxa Kaxkonen "Mintaqaviy iqtisod tahlili" dokladi bilan chiqish qildi. Kaxkonen O‘zbekiston Hukumatining soliq sohasida va davlat korxonalarini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlariga, shuningdek, narxlarni liberallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlariga ijobiy baho berdi. 

Xalqaro valyuta fondi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya 19,2 %, 2019-yil esa 14,9 % darajasida kutilmoqda. Markaziy bank raisi o‘rinbosari Ilhom Norqulov esa hukumat 2018-yil yakunida inflyatsiya darajasi 16-17 % va 2019-yilda 13-15 % bo‘lishini prognoz qildi.

Yangiliklar lentasi
0