TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga o‘zaro hisoblar milliy valyutada amalga oshirish va dollardan voz kechish tavsiya etildi.
Bu fikrlarni Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Rossiya TIVning stats-kotibi-o‘rinbosari Grigoriy Karasin bildirdi.
“Biz dollarga bog‘liqlikdan ketishni AQSh iqtisodiy siyosatining bashorat qilish imkoniyati pasayib ketishi va dunyo valyuta emitenti o‘z pozitsiyasini suiiste’mol qilishga obyektiv javob sifatida qaraymiz”, - deb ta’kidladi Rossiya TIV vakili.
Karasinning so‘zlariga qaraganda, milliy valyutalarda hisob-kitob amaliyoti kengayishi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘lov tizimlarini tashqi salbiy ta’sirlardan himoya qiladi.
Bundan tashqari, zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda yangi YeOII to‘lov infrastrukturasini shakllantirishga yordam beradi.
Karasin o‘z nutqida, Belarus Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib qabul qilinsa YeOII a’zo davlatlarining manfaatlarini himoya qilishga samarali yordam bo‘ladi.