Imtiyozlar bekor qilinganidan so‘ng avtomobillar narxi oshadimi?

Birinchi oktabrdan, avtomobil sanoatiga berilgan barcha imtiyozlar bekor qilinganidan so‘ng narxlar oshadimi – “O‘zavtosanoat” javobi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Ma’lumki, 1-oktabrdan boshlab “O‘zbekiston” avtomobil sohasiga taqdim etilgan barcha imtiyozlarbekor qilinadi. Xo‘sh, shundan so‘ng avtomobillar narxi oshadimi?

“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.

UzAuto Motors sentabr oxiriga qadar avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Biz ushbu yangi qonun kuchga kirishini kutmasdan, avtomobillar tannarxlarini tushirish harakatlarini boshlab yuborganmiz. Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va korrupsiya holatlarini yo‘qotish evaziga avtomobillarni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishdik, - deydi Umurzoqov.

Undan tashqari avtomobil sohasida narx tushirishning eng asosiy uslubi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot sonini oshirishdir. Ya’ni ishlab chiqarilayotgan avtomobil soni qancha ko‘p bo‘lsa – uning tannarxi shuncha arzon bo‘ladi.

Albatta, bugun bir dona avtomobil bilan bozorni egallab bo‘lmaydi. Shuning uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bir xil platformada 3-4tagacha avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilishmoqda.  Shunday qilib avtomobil narxini tushirish mumkin.

Avtosanoat, muhofaza va yadro tibbiyot: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan hujjatlar

Ushbu qoidaga amal qilgan holda, biz ham bir xil platformada ko‘proq avtomobil ishlab chiqarishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, biz hozir GMdan olgan 3ta platformada 5ta avtomobil ishlab chiqarayapmiz. 5-yildan keyin ularni feyslift qilish mumkin, bu 10ta avtomobil degani.  

Ma’lumki, bir platformada ishlab chiqarilayotgan avtomobilning ehtiyot qismlari 40-50 %gacha bir xil bo‘ladi. Demak biz bir xil detallarni ko‘proq miqdorda va arzonroq sotib olishimiz mumkin.

Undan tashqari biz ishlab chiqarayotgan modellarni GM global model deb e’lon qildi, demak ular dunyo bo‘ylab 2-3 million dona ishlab chiqariladi. Bu - ehtiyot qismlarni yanada arzonroq sotib olish imkoni paydo bo‘ladi degani.  

“O‘zavtosanoat” AJ mahsulotlarini Turkmanistonda taqdim etdi

Uchinchidan, lokalizatsiya darajasini oshirish. Bugungi kunda biz allaqachon 50% lokalizatsiya darajasidan o‘tib ketganmiz. Kelajakda lokalizatsiya darajasini 90%gacha yetkazishni niyat qilganmiz, lekin hamma narsani O‘zbekistonda ishlab chiqarishning iloji yo‘q va iqtisodiy asoslanmagan.

Biz bugungi kunda O‘zbekiston ichida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan barcha ehtiyot qismlarni ishlab chiqarmoqdamiz. Ayrim ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishning imkoni yo‘q – masalan, xavfsizlik yostiqchalarini. Turli sabablarga ko‘ra ularni dunyoda faqat 3ta kompaniya ishlab chiqarar ekan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, "O‘zavtosanoat" AJ raisi Shavkat Umurzoqov yuqorida amalga oshirilgan choralar tufayli avtomobillar narxini imkon qadar o‘zgarishsiz ushlab qolishni va’da berdi. Shu bilan birga kompaniya mahsulot tannarxini tushirishda davom etishini ham ma’lum qildi.