O‘zbekiston va YeOII

Daryo-daryo yog‘: ekspert YeOIIga a’zolik O‘zbekistonga nima berishini aytdi

Saratov viloyati sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri va Saratov tumani rahbari Ivan Baboshkin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qaytish O‘zbekistonga qanday naf keltirishi mumkinligini tushuntirdi
Sputnik

— Saratov viloyati — Rossiyada kungaboqar urug‘ini yetishtiruvchi eng yirik regionlardan biri. O‘zbekiston esa Rossiya kungaboqar yog‘ini oladigan yirik importorlardan biridir. Respublika uchun yog‘ sohasi qanchalik muhim?

Rossiya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun "yashil yo‘lak"ni kengaytirdi

— O‘zbekistonliklar uchun kungaboqar yog‘i - ratsionning deyarli ajralmas qismidir. Aynan shu bois mamlakatda qayta ishlash korxonalariga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan xom-ashyo tanqisligidan tashvishlanishmoqda. U yerda haqiqatda defitsit mavjud - quvvatlar oxirigacha ishlamayapti.

O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarini rossiyalik ishlab-chiqaruvchilar singari, o‘rtakash orqali ishlash holati tashvishlantiradi: yog‘ bilan bog‘liq vaziyatlarda - bu Qozog‘istondir, chunki asosiy daromadni u olib qolmoqda. O‘zbekistonda yanada arzon xom-ashyoni xarid qilish uchun nima qilish kerak, degan masalaga oydinlik kiritishga harakat qilishmoqda. Qozog‘istonda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari kooperatsiyasi masalalariga bag‘ishlangan anjumanda aytishdiki: asosiy muammo, O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tarkibiga kirmasligida. O‘zbekiston va RF ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida ishlovchi "yashil yo‘lak" esa, muzokara ishtirokchilari fikriga ko‘ra, yetarlicha samarali ishlamayapti.

Fikrimcha, YeOIIga a’zo bo‘lish - mavjud muammoning asosiy yechimini tashkil etadi.

— O‘zbekiston hozirda Rossiya bilan regional darajada hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Saratov viloyati bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qanday loyihalarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda?

Astraxan viloyati paxta ekishga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etmoqchi

— Bugun biz respublika jadallik bilan rivojlanayotganini ko‘rib turibmiz, biznes uchun naqadar qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani guvohi bo‘lyapmiz. Saratovlik tadbirkorlarning ham o‘zbekistonliklarga beradigan takliflari bor. Rossiya bozorlarida O‘zbekistondan keltiriladigan pomidor, mevalar bor, biz esa birinchi navbatda moy beradigan o‘simliklarni yetkazib berishdan manfaatdormiz, negaki respublikada yog‘ beruvchi o‘simliklarni kerakli hajmda yetishtirishning iqlim shart-sharoitlari tufayli iloji yo‘q.

Bundan tashqari, bizning eksportchilarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekiston orqali Afg‘oniston tomonga tranzit qilish masalasi qiziqtiradi. Biz Saratov tumani logistik imkoniyatlaridan kengroq foydalanishni taklif etamiz, axir markaz va Rossiya janubiga eltuvchi asosiy yo‘llar biz orqali o‘tadi. O‘zbekistonliklarga investitsiya maydonlarini taklif etmoqdamiz. Bizning tumanimiz hududida ulgurji-taqsimlovchi markazlar bor, va men o‘zbek hamkasblarimizni ular bizdagi imkoniyatlar bilan tanishishlari uchun II Saratov iqtisodiy forumiga taklif etdim.

O‘zbek tadbirkorlari Saratov tumani hududida o‘rnashishlari, bizning ishlab-chiqaruvchilar esa O‘zbekistonda o‘zlarini har jihatdan bekamu-ko‘st his etishlarini xohlar edik. O‘zaro manfaatli hamkorlik yanada kengroq va manfaatli shakl olishi kerak.