TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning yangi turi joriy etilmoqda. Bu haqja Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, maktabgacha ta’lim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.
Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.
Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.
Qabul uchun ariza, ota-ona pasporti nusxasi, bolaning tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi, bolaning 2 dona fotosurati, bolaning salomatligi to‘g‘risida tibbiy xulosa va bolaning salomatligi to‘g‘risida tibbiy xulosa talab etiladi.
Mobil guruhlarda xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. Bunda ovqatlantirish majburiy emas, ta’lim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda "bog‘cha avtobus"lari paydo bo‘lishi xabar qilingan edi.