Moskva sudi “Beshariqtekstildan” 1 milliard rubl undirish haqida qaror chiqardi

Moskva sudi O‘zbekiston – Britaniya qo‘shma korxonasidan bankrot bo‘lgan Starbank foydasiga 1 milliard rubl undirish haqida qaror chiqardi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Moskvaning To‘qqizinchi arbitraj sudi O‘zbekiston – Britaniya qo‘shma korxonasi “Beshariqtekstil” savdo uyidan 1 milliarddan ortiq mablag‘ undirish haqida qaror chiqardi, RIA Novosti xabariga asosan.

Moskva sudi “Ravon”dan 36 million undirib olish haqida hukm chiqardi

Sud qarorida aytilishiga ko‘ra, Arbitraj sud “Beshariqtekstil”ning may oyida berilgan appelyatsiya arizasiga rad javobi bergan va sud qarori kuchga kirgan.

Bankrot bo‘lgan Starbankning yangi boshqaruvchisi – ASV, Starbankdan 2013 va 2015-yillarda imzolangan 3ta kredit shartnomalari bo‘yicha AJ "Beshariktekstil" va boshqa javobgar shaxslarini sudga bergan. Birinchi darajali xo‘jalik sudi da’vogar arizasini to‘liq qondirgan.

Arbitraj sud, xususan, "Beshariktekstil" AJ va moskvaning "Vektor" MJChdan 7,7 million yevro (560 million rubl), "Beshariktekstil" AJ va moskvaning "Beshariktekstil Savdo uyi" MJCh hamda O‘zbekistonning WBM Textile kompaniyalaridan jami  – 465 million rubldan ortiq mablag‘ undirish haqida qaror chiqargan.

O‘zbekistonda xalqaro arbitraj sudi tashkil etilishi mumkin

Sud shuningdek, Starbankda garovda turgan tikuvchilik uskunalarini va “Beshariqtekstil” Savdo uyining tayyor mahsulotlarini sotish haqida qaror chiqargan. Garovga qo‘yilgan mulkning boshlang‘ich qiymati 542,3 million rublga, sotuvdagi mahsulotlar qiymati 100 million rublga baholanmoqda. Ushbu mulk savdosidan tushgan mablag‘ – kompaniyaning Starbank oldidagi qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya banki 2016-yilning mart oyida Starbank litsenziyasini to‘xtatgan edi. Bank o‘z hissadorlaridan 14,6 milliard rubl qarz bo‘lgan. ASV (Agentstvo po straxovaniyu vkladov) bank qarzlarini to‘lash majburiyatini bo‘yniga olgan.