Moskva sudi “Ravon”dan 36 million undirib olish haqida hukm chiqardi

© SputnikDevushka radom s stendom kompanii "Ravon"
Devushka radom s stendom kompanii Ravon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada arbitraj sud “Ravon Motors Rus” kompaniyasidan 36 million rubl undirib olish haqidagi qarorni o‘zgarishsiz qoldirdi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Moskvadagi To‘qqizinchi arbitraj sudi Ravon rasmiy dileri “Ravon Motors Rus” kompaniyasidan “Telesport” kompaniyasi foydasiga 36 million rubl undirib olish haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiya terma jamoasining rasmiy homiysiga aylandi

“Telesport” kompaniyasi da’vosiga ko‘ra, 2017-yilning 28-sentabrida “Ravon Motors Rus” kompaniyasi bilan Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasiga homiyliy qilish haqida shartnoma imzolangan. Unga ko‘ra “Telesport” homiyga “Rossiya futbol jamoasining rasmiy dileri” nomidan foydalanish huquqini bergan va televizion translyatsiyalar davomida kompaniya reklamasini joylashtirgan.

Shartnomaga ko‘ra, Ravon Telesportga 120 million rubl to‘lashi kerak bo‘lgan. Aslida esa 90 million to‘lagan va qolgan mablag‘ni, moliyaviy qiyinchiliklarni sabab qilgan holda, to‘lamagan. Ushbu ishni ko‘rib chiqqan sud Ravondan 30 million rubl qolgan to‘lovni va yana 6 million jarima undirish haqida qaror chiqargan.

Yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish yagona markazi ma’lumotiga ko‘ra "Ravon Motors Rus" MChJning yagona asoschisi - “Avtosanoat Invest” MChJ (Toshkent). 

Yangiliklar lentasi
0