Urgutda YPX xodimi ayol kishini urib o‘ldirib qo‘ygani yolg‘on - IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir yolg‘on shov-shuv tarqaldi, Urgutda YPX xodimi ayol kishini dubinka bilan urib o‘ldirmagan - IIV.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “YPX xodimi ayol kishini dubinkada urib o‘ldirib qo‘ydi” nomi bilan tarqatilgan xabarga rasman aniqlik kiritdi.

Piyoda umring bo‘lgur ziyoda – YHXB piyodalarga 329 ta bayonnoma rasmiylashtirdi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 12-sentabr kuni taxminan soat 18.30lar atrofida Urgut tumanidan o‘tuvchi “M-39” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ushbu joyda xizmat navbatchiligini olib borayotgan viloyat YHXB inspektori “Damas”avtomobilini to‘xtatib, uning hujjatlari tekshirganida, sug‘urta polisi muddati o‘tganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtida, ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan 1965-yilda tug‘ilgan Q.R. uning o‘g‘illari, 1988-yilda tug‘ilgan Q.B. hamda 1993-yilda tug‘ilgan Q.S.lar YHXB inspektori faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan. Inspektorga yordamga kelgan profilaktika inspektorini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, ularni urib tan jarohati yetkazishgan, pogonlarini yulib olishgan.

Ushbu voqeaning guvohi bo‘lgan Q.B.ning onasi 1965-yilda tug‘ilgan U.R. avtomashinadan tushib, ularni ajratish maqsadida borayotganida to‘satdan qon bosimi ko‘tarilib, o‘zini yomon xis qilgan va yerga yiqilgan, lekin hushida bo‘lgan.

YHXB masjidlarda yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qildi

Shu fursatdan foydalanib, “Damas” haydovchisi J.S. YHXB inspektorining qo‘lidan o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlar va ma’muriy bayonnomani tortib olmoqchi bo‘lib, faol qarshilik ko‘rsatgan hamda YHXB inspektorining ko‘krak nishoni yulib olib, noma’lum tomonga qochib ketgan.

Fuqaro U.R. shifokor tibbiy yordamidan so‘ng, qon bosimi pasayib, ahvoli yaxshilanganligi sababli, uyiga javob berilgan. Unda hech qanday tan jarohati aniqlanmagan.

Shu kunning o‘zida Damas haydovchisi S.J. ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilib voqeani rasmiylashtirish jarayonida, undan ko‘krak nishoni hujjatlashtirib olingan.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan Urgut tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.