TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ibot qilishning yanada samaraliroq uslublarini topish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchilarga masjid imomlari orqali murojaat qilishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.
IIBBning ushbu tashabbusi diniy ulamolar tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi va o‘tgan juma – Yo‘l harakati xavfsizligi kunida - Toshkent shahridagi barcha masjidlarda namoz o‘qishga kelganlar musulmonlarga masjid imomlari tomonidan yo‘l harakati xavfizligi qodalari haqida ma’ruza o‘qildi.
Xususan masjid imomlari avtomobillarni boshqalarga xalal bermaydigan qilib to‘xtatish, boshqa haydovchilarga nisbatan hurmatli munosabatda bo‘lish, bolalarni old o‘rindiqda yoki tizzasiga mindirib avtomobil boshqarmaslik haqida so‘z yuritildi.
Yo‘lning avtomobillar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismida qoldirilgan transport vositalari bosh haydovchilar, tez yordam yoki o‘t o‘chirish mashinalariga xalal berishi mumkinligi, bolani oldingi o‘rindiqda o‘trib mashina haydash favqulodda vaziyatlarda bolalar hayotiga katta xavf solishi haqida aytib berildi.
IIBB xabarida aytilishiga ko‘ra, ma’ruzalarni namozxonlar diqqati bilan eshitishgan. Shu bois YHXB bundan buyon poytaxt yo‘llarda qoidabuzarliklar kamroq sodir bo‘lishiga umid bildirmoqda.
Shu bilan birga, IIBB, har qanday din, birinchi navbatda, o‘z yaqinlariga va atrofdagi insonlarga mehr ko‘zi bilan boqishni va muruvvatli bo‘lishni targ‘ib qilishini yana bir bor eslatib o‘tgan.