Piyoda umring bo‘lgur ziyoda – YHXB piyodalarga 329 ta bayonnoma rasmiylashtirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPeshexodi na 7-y avenyu v Nyu-Yorke.
Peshexodi na 7-y avenyu v Nyu-Yorke. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbirilari doirasida 329ta bayonnoma rasmiylashtirildi

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Toshkent viloyati IIB YHXB o‘z hududida sodir bo‘layotgan YTHlarni tahlil qilib chiqib, ularning har ikkitadan bittasi – piyodani urib yuborish holati ekanini aniqladi, Nuz.uz xabariga asosan.

© Nuz.uzPeshexod perexodit dorogu v neustanovlennom meste
Piyoda umring bo‘lgur ziyoda – YHXB piyodalarga 329 ta bayonnoma rasmiylashtirdi - Sputnik O‘zbekiston
Peshexod perexodit dorogu v neustanovlennom meste

Shuningdek, ushbu YTHlarning ayrimlari piyodalar aybi bilan ham sodir bo‘layotgani aniqlandi. Ushbu mnosabat bilan YHXB serqatnov yo‘llar va chorraxalarda piyodalar uchun belgilangan joylardan yurishlarini nazorat qilish maqsadida, viloyat hududida bir kunlik «Diqqat piyoda!» profilaktik tadbirlari o‘tkazdi. 

"Tadbir doirasida transport serqatnov yo‘llarga yaqin joylashgan bozor, korxona va tashkilotlar qarshisida joylashgan piyodalar o‘tish joylariga yo‘l-patrul xizmati inspektorlari biriktirildi. Ular harakat xafvsizligini ta’minlash bilan bir vaqtda aholiga piyodalar harakat xavfsizligi qoidalarini "uqtirib" o‘tmoqda", - deyilgan xabarda. 

Qoidabuzarlik sodir etgan piyodalar aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi talablari bo‘yicha, qoidabuzar piyodalarga 329 ta ma’muriy bayonnomalar rasmilashtirilib, jazo chorasini ko‘rish maqsadida qoidabuzar piyodalarning yashash hududidagi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga jo‘natildi.

Shuningdek, ma’muriy bayonnoma rasmilashtirilgan piyodalarga kelajakda bunday holatlarni qayta takrorlamasliklari uchun qoidabuzar piyodaning majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. 

© Nuz.uzPeshexod perexodit dorogu v neustanovlennom meste
Piyoda umring bo‘lgur ziyoda – YHXB piyodalarga 329 ta bayonnoma rasmiylashtirdi - Sputnik O‘zbekiston
Peshexod perexodit dorogu v neustanovlennom meste
Yangiliklar lentasi
0