Gruziya TIV O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Kupol nad zdaniyem prezidentskogo dvorsa v Tbilisi.
Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. 2019-yilning 10-sentabr kuni Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.

Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari
Toshkentdan Gruziya poytaxtiga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy majlisi senatida, Vazirlar mahkamasida va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

“Mazkur muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

Gruziya delegatsiyasi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.