"Komment" uchun o‘lim. Internetdagi bahslar qay tarzda qonli mojaroga aylanadi?

Shu kunlarda Tula viloyatida 26 yashar qiz ikki nafar yigit tomonidan do‘pposlab, o‘ldirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlarning biriga qizning internet sahifasidagi statuci yoqmagan.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen — Sputnik, Viktor Zvansev. Negativ izoh, fitnaga yo‘g‘rilgan status yoki internet-opponent tomonga tasodifan tashlangan luqma qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu kunlarda Tula viloyatida 26 yashar qiz ikki nafar yigit tomonidan do‘pposlab, o‘ldirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlarning biriga qizning internet sahifasidagi statuci yoqmagan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olindi va SIZOga joylashtirildi. Internetdagi tortishuvlar va ularning oqibatlari haqida RIA Novosti muxbiri materialida o‘qing.

O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqni yoqtirishlari ma’lum bo‘ldi

O‘ch olish uchun Moskvaga keldi

2015-yilning yozida Sverdlovsk viloyati Reftin posolkasida mahalliy yashovchilardan biri Sergey Kostromin pichoqlab o‘ldirildi. Mudhish jinoyatga qo‘l urgan shaxs videoyozuvlar tufayli aniqlashtirildi. U Moskvaga Uraldan ko‘chib kelgan 34 yashar Roman Gasanov bo‘lib chiqdi.

Oradan uch kun o‘tib, Roman qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u yashash joyidan olis hududga birgina maqsad - internetdagi haqoratli gap uchun o‘ch olishga kelgan.

Qotil va uning qurboni shu paytga qadar bir-birini umuman ko‘rmagan, ular faqatgina ijtimoiy tarmoqlarda yozishganlar. Ikkalasi ham muqaddam bir necha bor sudlangan bo‘lib, shu bois, internetda tezda til topishishgan.

O‘z xotinini ijtimoiy tarmoq orqali haqorat qilgan erkakka jazo beriladi

Yozishmalarining birida Kostromin Gasanovni qamoq iyerarxiyasida eng quyi kastaga mansubligini anglatuvchi so‘z bilan atagan. Bundan tashqari, bu haqda suhbatdoshining do‘stlarini ham xabardor etgan. Gasanov ko‘p o‘ylab o‘tirmay, qo‘yniga xanjarni solib, Reftinskka qadar chipta sotib oladi, manzilga kelgach, ko‘chada virtual suhbatdoshini poylab, so‘yib tashlaydi.

"Ko‘pincha odamlar onlayndda aytgan gaplari uchun ularga hech vaqo qilmaydi, deb hisoblaydilar. Ular kimnidir hech jazosiz haqoratlash yoki kamsitish mumkin deb o‘ylaydilar, go‘yoki shundan so‘ng ularning jamiyatda obro‘lari oshib qoladi, - deya tushuntiradi RIA Novosti muxbiriga Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarning professional foydalanuvchilari uyushmasi rahbari Vladimir Zikov. — Ammo ba’zan prinsipial fuqarolar ham uchraydi, ular har bir aytilgan so‘z uchun javob berish kerak, deb hisoblaydilar va opponentni jazolash uchun hech narsadan qaytmaydi".

Bolalarning kattalarcha "razborlari"

2018-yilning kuzida internetda moskvalik ikki yigit o‘z tengdoshlarini vahshiylarcha kaltaklayotgan video paydo bo‘ldi. Ular avval yigitning boshiga qattiq urib, so‘ngra uni yerga uloqtirib, oyoqlari bilan tepishda davom etishgan edi. Oqibatda jabrdiyda jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga tushadi, shifokorlar unda ko‘plab gematomalar, orqa va bosh shilinishlarini qayd etadilar.

Qirg‘izlar Moskvada yoppasiga "razbor"ga yig‘ilmoqdami? IIV izoh berdi

Videoyozuv hamda guvohlarning ko‘rsatmalari tufayli tergovchilar hujum qilganlarning shaxsini tezda aniqlashtiradilar. Ular 14 yoshli maktab o‘quvchilari bo‘lib chiqadi. Yigitlarning bu tarzdagi mushtumzo‘rligiga esa internetdagi aytishuv sabab bo‘lgan.

Zo‘ravonlar suhbatdoshlari qaysi maktabda o‘qishini aniqlashtirib, uning darsdan chiqishini poylashgan. Yetkazilgan jarohatlar og‘irligini hisobga olib, bezorilarga "Qotillikka su’iqasd" moddasi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan va tergov vaqtida ular SIZOga joylashtirilgan.

"Gap shundaki, yozma nutq og‘zaki nutqdan ko‘ra kattaroq ta’sir kuchiga ega. Gap shundaki, internetdagi haqoratlarni boshqalar ham o‘qiydilar, ya’ni bu yerda jamoatchilik elementlari mavjud bo‘lib, shu bois, haqoratlar yanada o‘tkirroq qabul qilinishi mumkin, - deb hikoya qiladi RIA Novosti muxbiriga psixolog Anna Kiryanova. — Ayniqsa, o‘smirlar reaksiyasi juda keskin bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda kimdir uni xafa qilganlar bilan orani ochiq qilishga shoshilsa, boshqa birlari o‘z joniga qasd qiladi".

Ba’zan o‘smirlar o‘rtasidagi "razborka"lar, kasalxona palatasidan ko‘ra ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mana, misol uchun, 2016-yilning kuzida Krasnoyarskda 13 yashar o‘smir qo‘shni maktabda tahsil oladigan yettinchi sinf o‘quvchisining ko‘ksiga pichoq qadab o‘ldirdi. Mudhish fojia kunduz kuni ko‘p-qavatli uylar hovlilaridan birida yuz bergan. Yo‘lovchilar jabrdiydaga yordam berishga harakat qilishgan, ammo yigit ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

“Razbor xohlaysanmi?” – ikki deputatning janjali videoga olindi

Tergovchilarning aniqlik kiritishlaricha, qotillik yuz bergan kuni ertalab o‘smirlar bir-biri bilan ijtimoiy tarmoqda yozishgan. Yozishma davomida sinf rahbari haqida gap ochiladi - ayol yigitlarning birining onasi edi. Ayol nomiga aytilgan noma’qbul so‘z tufayli uning o‘g‘li dilozorni gaplashib olishga chorlaydi va o‘zi bilan ikki o‘rtog‘i hamda qayirma pichoqni oladi.

Qotil hodisa ro‘y bergan vaqtdan so‘ng tezda qo‘lga olingan, ammo u balog‘at yoshiga to‘lmagani tufayli, javobgarlikka tortilishdan qutilib qolgan.

Internetdagi "dugonalar"

2012-yilning yoz faslida Kaluga yaqinida dachalarda yashovchi fuqarolar tomonidan ayovsiz pichoqlangan yosh ayol jasadi aniqlanadi. Halok bo‘lgan ayol 22 yoshda bo‘lgani, shu joyga yaqin qishloqda yashashi, viloyat markaziga pul ishlash ilinjida kelgani aniqlanadi. Tezkor xodimlar uning tanishlarini topishadi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalarini qunt bilan o‘rganadilar.

Internet-firibgarlar o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirmoqda?

Ma’lum bo‘ladiki, kelgindi ayol bir necha oy davomida 24 yoshli kalugalik bir ayol bilan o‘ta faol muloqotda bo‘lgan. Ular bir-biri bilan shaxsiy hayotlaridagi tafsilotlar bilan bo‘lishganlar va bu oxir-oqibat ular o‘rtasida janjalni yuzaga keltirgan. Eriga xiyonatda ayblangan kalugalik ayol o‘z suhbatdoshidan o‘ch olishni maqsad qilib qo‘ygan va buning uchun hatto reja tuzgan. Ikki eski tanishi unga yordamlashishga tayyorligini bildirishgan.

Rejalashtirilayotgan mudhish qasosdan bexabar qiz uy topishda yordamlashish bahonasida qishloqdan Kalugaga chaqirib olingan. U yerda qizni ikki yosh yigit kutib olgan va ijaraga olsa bo‘ladigan uyni ko‘rsatish bahonasida mashinaga o‘tqizishgan. Haqiqatda esa mehmon avtomobilda o‘rmonzorga olib borilgan, temir zanjir yordamida bo‘g‘ib tashlangan va tanasiga bir necha marotaba pichoq suqishgan. Qotillar tez orada tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilar ekanlar, internet foydalanuvchilari birinchi galda har qanday mojaro tusini olgan vaziyatni tahdidlar va haqoratlar bilan emas, balki hotirjam va dalillar bilan hal etish lozimligini yodda tutmoqlari shart. Chunki aks holda mojaro davomiy tus oladi, - deb qo‘shimcha qiladi Zikov. — Hozircha bu kabi muloqot qoidalari og‘izda mavjud, xolos. Biz tez orada ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri muloqot qilish, o‘zni tutish haqida maxsus broshurani nashrdan chiqarmoqchimiz. Unda Internet etikasi, trollingga berilmaslik va boshqa hokazo qoidalar haqida ma’lumot beramiz. Chunki ba’zi odamlar boshqalar uchun haqoratli tuyuladigan narsalarni yozayotganliklarini ba’zan sezmaydilar".