Atambayevni qo‘lga olish vaqtida halok bo‘lgan spesnaz oilasiga medal berildi

"Usenbek Niyazbekovning halok bo‘lishi nafaqat uning oilasi va yaqinlari, balki davlat uchun ham ulkan yo‘qotishdir", - deb aytgan Jeenbekov
Sputnik

TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq davlat rahbari Aomazbek Atambayevni qo‘lga olish vaqtida halok bo‘lgan spesnaz xodimi Usenbek Niyazbekov oilasiga medal, deb xabar qildi RIA Novostiga juma kuni prezident matbuot-xizmati.

Atambayev va uning oilasiga tegishli bo‘lgan 135 ta mol-mulk xatlab qo‘yildi

Jeenbekov juma kuni halok bo‘lgan harbiyning onasi, rafiqasi, akasi va o‘g‘li bilan uchrashdi. Avgust oyi oxirida prezident Jeenbekov Niyazbekovni vafotidan keyin "Harbiy burchini ado etayotgan vaqtda ko‘rsatilgan jasurlik" medali bilan taqdirlagan edi.

"Prezident Niyazbekovning yaqinlariga "Erdik" ("Jasurlik" - tahrd.) medalini taqdim etdi", - deb xabar qildi matbuot-xizmati xodimi.

Davlat rahbari apparati ma’lumotiga ko‘ra, Jeenbekov halok bo‘lgan spesnaz xodimi yaqinlariga hamdardlik bildirib, u o‘zining butun umrini vatanga xizmat, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mamlakatdagi huquq-tartibot ishlariga baxshida qilganini ta’kidlagan. Terroristik uyushmalarni yo‘q qilishga qaratilgan turli maxsus operatsiyalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan, milliy xavfsizlik organlari tomonidan berilgan turli mukofotlarga ega.

Atambayevni qo‘lga olish vaqtidagi tartibsizliklarni o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi

"Usenbek Niyazbekovning halok bo‘lishi nafaqat uning oilasi va yaqinlari, balki davlat uchun ham ulkan yo‘qotishdir", - deb aytgan Jeenbekov.

Qirg‘iziston maxsus xizmati 7-8 avgust kunlari sobiq prezident Atambayevni uning poytaxtdan 20 kilometr masofada joylashgan Koy-Tashdagi qarorgohida qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazganlar. Ular sobiq yetakchining tarafdorlariga qarshi maxsus vositalarni qo‘llaganlar. Shundan so‘ng Atambayevning tarafdorlari javob zarbasini ochishgan. Operatsiyaning birinchi kunida sobiq prezidentni qo‘lga olishning imkoni bo‘lmagan. Atambayevning tarafdorlari maxsus xizmat xodimlarining olti nafarini asir olganlar. Ertasi kuni tarafdorlar va kuch tuzilmalari vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuv yangilangan va sobiq prezident kuch tuzilmalari vakillariga taslim bo‘lganiga qaramay, tongga qadar davom etgan. Maxsus operatsiya natijasida, Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, 136 kishi jabrlangan. Bir nafar maxsus xizmat xodimi, Niyazbekov halok bo‘lgan.