TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yaponiya parlamenti vakillar palatasi deputatlari Fumiaki Kobayashi, Yasutaka Nakasone, Taro Honda va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi Demokratik siyosat tadqiqot instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Yaqin parlamentlararo aloqalarning ko‘p qirrali O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini kengaytirish, turli sohalarda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi muhim roli e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Kamilov va Yaponiyaning maxsus vakili Hideki Uyama bilan bo‘lajak oliy darajalardagi uchrashuvlarni muhokama qilgani xabar qilingan edi.