Atambayev qurdirgan masjidga taqiq qo‘yildi

Bishkek sudi tomonidan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qurdirilgan masjidga taqiq solindi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Bishkek sudi tomonidan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qurdirgan masjidga taqiq qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Atambayev va uning oilasiga tegishli bo‘lgan 135 ta mol-mulk xatlab qo‘yildi

Harbiy prokuratura tergov jarayonida “7 aprel qahramonlariga” deb nomlangan masjid Atambayev tomonidan barpo etilgani ma’lum bo‘ldi. Masjid joylashgan yer uchastkasi “Forum” ilmiy-sanoat firmasi nomiga rasmiylashtirilgan.  

“Pervomaysk tuman sudi qaroriga ko‘ra ushbu mulk hibs qilindi”, - deyilgan xabarda.

Hozirgi vaqtda masjid qurilishiga sarflangan mablag‘ manbalari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval mamlakat bosh prokuraturasi qaroriga asosan Atambayev va uning oilasiga tegishli bo‘lgan 135 ta mol-mulk xatlab qo‘yilgandi.