Nazarbayevning qizi Qozog‘iston senatining raisi etib qayta saylandi

Dariga Nazarbayeva 2019-yil martidan buyon mamlakat parlamentining yuqori palatasini boshqarib keladi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Dariga Nazarbayevani yana parlamentning yuqori palatasi raisi lavozimiga saylashni taklif qildi. Deputatlar prezidentning taklifini yakdillik bilan ma’qulladilar. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Dariga Nazarboyeva: Partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi

“Dariga Nursultanovna Nazarbayevani Qozog‘iston Respublikasi parlamenti senatining raisi etib saylashingizni so‘rayman”, - deyilgan prezident taqdimnomasida.

Eslatib o‘tamiz, Dariga Nazarbayeva Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev iste’foga chiqqandan so‘ng mamlakat senati raisi etib saylangan edi. Ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Kasim-Jomart Tokayev esa vaqtichalik prezident vazifasini ijro etishga kirishgan edi.