“Avtomoyka” sotish bahonasida toshkentlik ayolni chuv tushirgan firibgar ushlandi

Avtomashinalar yuvish shoxobchasini, bino va inshootlarini sotib olish ilinjida bo‘lgan ayol firibgar domiga ilinib, yirik mablag‘idan ayrilib qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar shahrida firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgan fuqaro ushlandi.

Amerikaga borish orzusi qimmatga tushdi

IIV xabariga ko‘ra, 19-iyul kuni 36 yoshli A.Q. “Fayzli” MFY hududida tanishi, Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi 46 yoshli X.Sh. ismli ayolga avtomashinalar yuvish shoxobchasini, bino va inshootlarini sotmoqchiligini aytgan va undan 30 ming dollar olgan. Biroq bergan va’dasini bajarmagan va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Q. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.