TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida mast fuqaro qarindoshini pichoq bilan jarohatladi.
IIV xabariga ko‘ra, fuqaro mast holda uyi hovlisida shu mahallada yashovchi 24 yoshli jiyani S.T. bilan o‘zaro janjallashayotgan vaqtda ularni ajratmoqchi bo‘lgan S.T.ning otasi 47 yoshli B.B.ni pichoq bilan jarohatlagan.
Natijada B.B. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.B. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.