Ommaviy norozilik yuz bergan ko‘mir konining 9 rahbari ishdan olindi

Surxondaryodagi “Sharg‘unko‘mir” AJ rahbarlaridan 9 nafari ishdan haydaldi.
Sputnik

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Surxondaryo viloyati Sarosiyo tumanida joylashgan “Sharg‘unko‘mir” AJda yuz ommaviy norozilik holatlari bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Mirziyeyov "O‘zbekenergo"dagi "pul yig‘uvchi"lar va ko‘mir tarmog‘i "yonboshlab yotgani"ni tanqid qildi

O‘TY AJ tomonidan maxsus komissiya, “Sharg‘unko‘mir” AJda yuzaga kelgan vaziyatni atroflicha o‘rganishi natijasida, korxonaning 9 nafar mansabdor shaxsi o‘z lavozimidan ozod etildi, - deyilgan bayonotda.

Ayni damda maxsus komissya, korxonada ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, korxonaning iqtisodiy-ijtimoiy xolatlarini to‘liq o‘rganish maqsadida “Sharg‘unko‘mir”da o‘z ishini davom ettirmoqda.

Shuningdek, maxsus komissiya tomonidan korxonada yuzaga kelgan tushunmovchiliklar yuzasidan barcha ishchi-xizmatchilarga to‘liq ma’lumot berilgan, jumladan, xodimlarga oylik maoshlarini belgilanish tartibi, mukofot pullari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng xodimlar yana ish joylarida o‘z ishlarini davom ettirishgan. 

O‘zbekko‘mir rahbariga hayfsan berildi

Ma’lumot uchun, korxona bo‘yicha o‘rtacha ish xaqqi miqdori 2,34 million so‘mni tashkil etadi. Xususan, ko‘mir qazib olish kon ishchisi maoshi  – 3,8 mln., yer osti elektr chilangari – 2,1 mln., yer osti mustaxkamlovchisi maoshi – 2,49 mln so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 14-15 avgust kunlari, “Sharg‘unko‘mir” AJda xodimlar tomonidan ommaviy norozilik va ish tashlash holatlari bo‘lib o‘tgan. Ushbu haqidagi videolavhlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.