Yerga Xeops ehromi kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Avgust oxirida Yerga o‘z o‘lchami bilan Xeops ehromini ortda qoldiruvchi asteroid yaqinlashadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Avgust oxirida yerga o‘z o‘lchami bilan Xeops ehromini ortda qoldiruvchi asteroid yaqinlashadi. Bu haqda RIA Novosti NASA ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Yerga ulkan qotil-fazoviy jism yaqinlashmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 OU1 asteroid diametri 160 metrga teng, bu esa Xeops ehromi diametridan 20 metrga kattaroq degani.

Asteroid 28-avgust kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, ya’ni osmon jismi Venera sayyorasidan 40 barobar yaqinroq keladi.

Qayd etilishicha, asteroid sayyoramiz yonidan bir million kilometrga yaqin masofada to‘qnashmasdan uchib o‘tib ketadi.