Mixail Gorbachovning holati og‘ir deb baholanmoqda

Jurnalist Aleksey Venediktovning so‘zlariga ko‘ra, Gorbachov olti oydirki kasalxonada "yashab kelmoqda".
Sputnik

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. OAVlar SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning "o‘ta og‘ir" holati haqida yozmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Gorbachov Putinning ijobiy tomonlarini sanab o‘tdi

Bu haqda sal oldin jurnalist Aleksey Venediktov "Gordon" ko‘rsatuvida ma’lum qilgan edi.

"Miyasi yaxshi ishlayapti, harakatlanishi og‘ir, juda ko‘p kasalliklar yig‘ilib qolgan — axir u 88 yoshda. So‘nggi ikki yilda - ahvoli juda og‘ir: mana olti oydirki u kasalxonada yashamoqda", - deb aytgan Venediktov.

Shuningdek, Gorbachov vaqti-vaqti bilan unga restoranda uchrashishni taklif qilishini, jurnalist bu taklifga rad javobini berolmasligi ham ma’lum bo‘lgan.

"Shifokorimiz tavsiyasiga ko‘ra pivo ichamiz, Mixail Sergeyevich ham hozir pivo ichadi. Ilgarilari aroq ichardik", — deb ta’kidlagan Venediktov.

Bundan tashqari, jurnalistning aytishicha, Gorbachov planshet va smartfon yordamida yangiliklarni kuzatib borar ekan. Sobiq prezidentga "Chenobil" seriali haqida ham ma’lumot yetib borgan, ammo u "og‘irligi" uchun serialni tomosha qilmagan.