TOShKENT, 7 avg – Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi oxirgi vaqtlarda Suriya va Iroqda o‘z kuchini mustahkamlamoqda. RIA Novosti Pentagon bayonotiga asosan xabar qildi.
IShID mustahkamlanishi haqida xulosa AQSh mudofaa vazirligi bosh inspektori Glen Fayn bayonotida yozilgan.
Unda IShID terrorchilik tashkiloti Iroqda o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotgani va Suriyada yana janglarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilgan.
“Chorak davomida IShID Suriya va Iroq hududida qotillik, hudkush-terrorchilar hujumi, odamlarni garovga olish va qishloq xo‘jalik obyektlarini yoqib yuborish ishlari bilan shug‘ullandi. Guruh Suriyada “tiklanayotgan yacheyka”larni tashkil qilib, qo‘mondonlik puntlarini kengaytirishga harakat qildi”, - deyilgan bayonotda.
Pentagon ma’lum qilishicha, terrorchilik uyushmasi safida 18 ming kishi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, IShID o‘zining moliyaviy tarmog‘ini qayta tiklamoqda.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot