“Biz ularning ortlaridan ulgurolmasdik”: Allamjonov Mirziyoyevning ish kuni haqida

Komil Allamjonov prezidentning odatiy ish kuni nimalardan iboratligini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego᾽ga bergan intervyusida u prezident matbuot xizmati rahbari sifatida ishlagan vaqtida Shavkat Mirziyoyevning odatiy ish kuni qanday ko‘rinishda bo‘lgani to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

Uning ma’lum qilishicha, prezidentning ish kuni u uchun tayyorlagan dayjestlar, turli xil ma’lumotnomalar bilan tanishishdan boshlanadi, keyin qabullar, uchrashuvlar, yig‘ilishlar, jadval bo‘yicha boshqa tadbirlar bilan kechadi. 

Shavkat Mirziyoyev uni har kuni qaysi savol qiynashini ma’lum qildi

“Ertalab soat 9-9:30 da ish boshlanadi va qachon tugashi noma’lum. Biz doim: “O‘zingizni ehtiyot qiling, juda ko‘p ishlayapsiz”, deb ko‘p aytardik. Kun shu ishlar bilan davom etardi va biz uyga juda kech qaytardik, dam olish kunlarisiz ishlardik”, - deydi Allamjonov.

Suhbatdoshining nega dam olish kunlarisiz, degan savoliga: “Menimcha, yig‘ilib qolgan muammolar tinchlik va bo‘shashishga imkon bermasdi”, - deya javob qaytardi.

Allamjonov bu savol energiya bilan bog‘liqligi,  darhaqiqat, hammani prezidentning bunchalar serg‘ayrat inson ekanligi hayratlantirishini ta’kidladi.

“Biz ularning ortlaridan ulgurolmasdik. Prezidentimizdan yosh bo‘lsam-da. Juda qattiq charchadim. Ular shu qadar g‘ayratlilarki, menga o‘xshaganlarning 10 tasi yarim yo‘lda qolib ketadi. Ayniqsa, viloyatlarga safarga borganda. Soat 8:30 da aeroportda bo‘lishimiz kerak edi. Buning uchun soat 6:30-7:00 da uyg‘onish zarur. Yarim soat ichida biz, 8:30 da — Prezident kelardi. Samolyotga o‘tirib uchamiz. Samolyotdan tushishimiz bilan kortejga o‘tiramiz va qilinadigan ishlarning rejali dasturi juda zich tuzilgan bo‘ladi”, - deya tan oladi Allamjonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident hatto yo‘lda o‘tgan har bir daqiqani samarali foydalanishni talab qiladi.

“Siz tasavvur qilolmaysiz, biz hatto suv yoki choy ichmaymiz, ovqatlanmaymiz, dam olmaymiz — trapdan tushishimizdan, obyektlarga borishni boshlagandan to tunggi 12 gacha ishlarni tugatmagunimizcha”, - deydi u.

“Buni tasavvur qila olasizmi? Biz holdan toyamiz, prezident esa hali tetik. Prezident xalqimiz bilan muloqot qilganda odamlarning muhabbatlari va qo‘llab-quvvatlashlarini his qilib, kuchga to‘lsalar kerak. Bu esa ishlashga rag‘bat beradi. Obyektlarga borib kelgandan so‘ng, 3-4 soat davom etadigan yig‘ilish boshlanadi. Unda muhim va dolzarb masalalar hal qilinadi. Tunggi soat 12 da majlisdan chiqamiz, charchaganmiz va prezident esa tetik holda 10-15 daqiqa tamaddi qilib, televizor orqali yangiliklarni kuzatadilar, matbuotni o‘qiydilar. Mana shunday aqlbovar qilmas rejim”, - deya fiklari bilan o‘rtoqlashadi Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, Komil Allamjonov 2017-2018 yillarda davlat rahbarining matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan.