AV: Ko‘chmas mulk buzilishiga oid arizalarning aksariyati Toshkent shahridan kelib tushgan

Fuqarolardan kelib tushayotgan arizalarning aksariyati – noqonuniy qurilgan inshootlar uchun ko‘chmas mulk huquqini tan olish haqida - adliya vazirligi
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan may-iyun oylarida ko‘chmas mulkni himoya qilishga bag‘ishlangan aksiya doirasida, ko‘chmas mulk huquqi buzilishiga oid 2,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Blokcheyn O‘zbekistonda kadastr va ko‘chmas mulk daxlsizligini ta’minlaydi

Aksiya doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan ko‘chmas mulkning koqonuniy buzilishiga oid, buzilgan mulkka tovon to‘lanmasligiga oid, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda qonun talablari buzilishiga oid 2586 ta arznoma kelib tushgan.

Ushbu arizalarning katta qismi joylarda hal qilingan. Arizalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, fuqarolardan kelib tushayotgan arizalarning aksariyati – noqonuniy qurilgan inshootlar uchun ko‘chmas mulk huquqini tan olish haqida.

Vaziyatni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, muammo kelib chiqishining asosiy sabablari bu – taaluqli davlat organlarining ma’suliyatsizligi hamda fuqarolar tomonidan kerakli hujjatlarning muddatidan kech topishirilishi va ularni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘lgan.

Yana bir muammo – bu yer mulkining davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan, tovon pullarining belgilangan tartibda to‘lanmayotgani bo‘lgan. Ushbu borada arizalar eng ko‘p Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Namangan viloyatidan kelib tushgan.

Barcha ko‘chmas mulk 2018-yilga qadar yoppasiga ro‘yxatga olinadi

Aniqlanishiga ko‘ra, 2018-yilda va 2019-yil boshida 846 ta holatda yer mulki egalariga yozma ogohlantirishlar yuborilmagan, 1 388 holda yozma ogohlantirish yuborish muddatlari buzilgan. Undan tashqari qurilish obyektlari ularning narxlari belgilanmasdan turib buzilgan. Ana shunday holatlar eng ko‘p Toshkent shahri va Buxoro viloyatida kuzatilgan. Eng kam - Samarqand  viloyatida.

Uylar buzilishi uchun 600 milliard so‘m tavon puli belgilangan bo‘lsa, shundan faqat 300 mlrd. so‘mi to‘langan. Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo va Namangan viloyatilarida 300 mln. so‘m qarz bo‘lib qolgan. Davlat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgan yerlar uchun boshqa joydan 359,2 gektar yer ajratilgan.

Yuqorida aytib o‘tilgayen muammolarni hal qilish maqsadida Adliya vazirligi 236 ishni qayta ko‘rib chiqib, murojaatchilar uchun 6 ,5 milliard so‘m tovon puli to‘lashni so‘radi. Javobgar davlat muassasalari uchun 100dan ortiq ogohlantirish xatlari yuborildi. Shuningdek sudlarga umumiy qiymati 30 milliard so‘m bo‘lgan 360 ta ariza yuborildi.

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda Adliya vazirligi mahalliy hokimiyatlardan fuqarolar ko‘chmas mulk huquqlarini buzmaslikni so‘raydi.