Bepoyon shahar bo‘ylab sayohat: o‘zbekistonlik pedagoglarni Moskva hayratlantirdi

O‘zbekistonning eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari Moskvaga ekskursiyaga keldilar, sayoxat davomida ular Rossiya poytaxti haqidagi taassurotlari va respublikada tilni o‘rgatish muammolari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik, Lev Rijkov. Moskvada O‘zbekistonning eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari mehmon sifatida qabul qilinmoqda. Ular "O‘zbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi g‘oliblaridir. Sputnik muxbiri o‘qituvchilar bilan suhbatda bo‘ldi.

O‘zDJTU dekani O‘zbekistonda rus tili haqida: holat abgor emas, lekin murakkab

Bir dengiz taassurotlar va zich grafik

Tanlov g‘oliblari bilan Moskva darosi qirg‘og‘idagi "Patriarshiy" prichalida uchrashamiz. Daryo tramvayi qirg‘oq tomon yaqinlashadi va u yerdan mutlaqo baxtli va sal sovuqqotgan pedagoglar chiqib keladi. Moskvada iyul oyi kutilmaganda salqin keldi. O‘zbekistondagi jazirama ob-havo va Moskvadagi salqin ob-havo o‘rtasida kattagina tavofut bor. Ammo pedagoglar, bu havoga ham moslashishga ulgurganlarini, endi esa Rossiya poytaxti go‘zalliklaridan zavq olishayotganini aytadilar.

Bepoyon shahar bo‘ylab sayohat: o‘zbekistonlik pedagoglarni Moskva hayratlantirdi

Tanlov g‘oliblari grafigi juda zich. Har bir daqiqa band etilgan. O‘qituvchilar bilan suhbatlashar ekanmiz, bu vaqtda ular uchun shu yerga yaqinroqda joylashgan Muso xaloskor cherkovi tamaddixonasida tushlik kutayotgan edi.

SSSR davridan beri O‘zbekistondagi rus tili o‘qituvchilari dovrug‘i baland - Turdenev

"Dasturimiz juda rang-barang va boy, - deydi "Rossiya gumanitar missiyasi" vakili Yelena Sanicheva. - Mening nazdimda, Moskvani tanish bo‘yicha chempionlarmiz. Biz uchta adabiyot muzeylarida bo‘ldik (Gogol, Lermontov va Pushkin), VDNX va Kremlni tomosha qildik, Zaradyedagi shisha-ko‘prikka chiqib, Moskva ustida parvoz qilgandek his etdik o‘zimizni. "Sovremennik" teatrida "Tri sestri" spektaklini tomosha qildik. Kolomenskoe va Saritsinodagi parklarda bo‘ldik".

"Rossiya gumanitar missiyasi" vakilining aytishicha,madaniy dasturni tashkil etishga juda astoydil yondashishgan. Misol uchun, Tretyakovka galereyasiga shunchaki tashrif rejalashtirilmagan, balki muzeyga ekskursiya buyuk rus rassomi Ilya Repin ko‘rgazmasi o‘tkaziladigan kunga to‘g‘ri kelishi uchun harakat qilingan.

Bepoyon shahar bo‘ylab sayohat: o‘zbekistonlik pedagoglarni Moskva hayratlantirdi

"Bilasizmi, pedagogika universitetiga o‘qishga kirayotganimda, qachonlardir Moskvaga borishim xayolimga ham kelmagan, - deya tan oladi yosh o‘qituvchi Malika Kutluyolova. - Taassurotlar - bir olam. Taomlaringiz juda mazzali ekan. Men g‘oliblikni qo‘lga kiritaman, deya o‘ylamagandim. Bu yerdagi o‘qituvchilarning aksariyati yuqori malakali o‘qituvchilardir. Men esa atigi ikki yildan beri ishlayman".

O‘qituvchilarning taxminan yarmi Moskvaga birinchi bor kelishi ekan.

"Moskva bepoyon ekan, - deydi Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanidan bo‘lgan pedagog Nadirjon Tojimov. - Ayniqsa, menga Zaradye parkidagi ko‘prik juda yoqdi. U yerda xuddi parvoz qilayotgandek his etdim o‘zimni. Park mediamarkazi esa - fantastikadan boshqa narsmasa!"

O‘zbekistonlik talabalar rus tili bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiadada g‘alaba qozonishdi

Yangi do‘stlar va o‘zaro tajriba almashish

Pedagoglarning hikoya qilishlaricha, Moskvaga sayohat turistik taassurotlardan tashqari, amaliy jihatdan ham foydali bo‘ldi. Ya’ni, O‘zbekistonning eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari Moskvaga tashkil etilgan sayohat tufayli uchrashdilar va bir-birlari bilan tanishdilar. Tanishuv bor joyda - tajriba almashish va kelajakda hamkorlik ham bo‘ladi, albatta.

"O‘zbek xalqi rus tilini hamisha yaxshi ko‘rgan, - deydi andijonlik o‘qituvchi Nilyufar Milaxunova. - Rus yozuvchilari ta’lim, o‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shganlar. Bugungi kunda rus tiliga bo‘lgan qiziqish kuchli, lekin talab taklifdan ko‘ra yuqoriligi ham bor gap. Va katta muammo shunda. Rus tili chuqurlashtirilgan holda o‘tiladigan sinflarida ba’zan 45-50 nafardan o‘quvchilar shug‘ullanadilar. Men o‘ylaymanki, ushbu tanlov chet tillarini, ayniqsa, rus tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi".

Bepoyon shahar bo‘ylab sayohat: o‘zbekistonlik pedagoglarni Moskva hayratlantirdi

Pedagoglarning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda rus tili pozitsiyasi bu tilda bemalol gaplasha oladigan katta yoshdagi avlod vakillari hisobiga kuchli. Ammo yoshlar orasidagi holat quvonarli emas. Chunki 90-yillarda ko‘plar rus tili endi kerak bo‘lmaydi, deb o‘ylagan. Ammo hayot teskarisini ko‘rsatdi. Bugungi kunda rus tilini bilmasdan turib, nafaqat Rossiya, balki o‘z vataningda ham yaxshiroq ishga joylashish qiyin.

O‘zbekiston Jahon tillari universitetida rus tili markazi ochiladi

"Asosiy muammolardan biri - bizda umumiy metodik asos yo‘qligida, - deydi andijonlik pedagog Mayya Artikova. - Darsliklar bor. Biroq har bir o‘qituvchi o‘z bilganicha o‘qitadi. Rus tiliga qiziqish ham kuchli".

Pedagoglarning cheksiz quvonchi orasida biroz g‘amginlik notalari seziladi. Axir ular tez orada ortga qaytishlari kerak, bepoyon Moskvaning esa hamma mo‘’jizasi ham o‘rganilgani yo‘q. Qayerdadir Sankt-Peterburg shahri joylashgan va u yerda o‘qituvchilarning birortasi bo‘lmagan.

"Umid qilamizki, bu kabi tanlovlar hali bo‘ladi, - deydi Nilyufar Milaxunova. – Bir-birimiz bilan ko‘proq muloqot qilishimiz kerak, qandaydir qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kerak. Umid qilamizki, hali bunday imkoniyat bizda bo‘ladi".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tkazilgan "O‘zbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi g‘oliblari RFga sayohatni mukofot sifatida qo‘lga kiritgan edilar. Tanlov o‘tgan yilning 1-dekabridan joriy yil 10-iyungacha davom etgan, unda respublikadagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritadigan rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari qatnashgan edilar.