O‘zbekistonlik talabalar rus tili bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiadada g‘alaba qozonishdi

© Ofitsialniy sayt Ministerstva visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki UzbekistanStudenti Tashkentskogo gosudarstvennogo universiteta uzbekskogo yazika i literaturi imeni Alishera Navoi viigrali mejdunarodnuyu olimpiadu po russkomu yaziku
Studenti Tashkentskogo gosudarstvennogo universiteta uzbekskogo yazika i literaturi imeni Alishera Navoi viigrali mejdunarodnuyu olimpiadu po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur olimpiada g‘oliblariga Rossiya OTMlarida ijtimoiy soha bo‘yicha magistraturaga kirish imkoniyati berildi.

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Rus tilini xorijiy til sifatida o‘zlashtirish darajasini tekshiruvchi xalqaro olimpiadada 25 ta davlatdan qatnashgan 100 dan ortiq talabalar orasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Den Znaniy v Yujnoy Osetii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga rus tili o‘qituvchilarini tayyorlashga yordam beradi

Olimpiada onlayn tarzda ikki bosqichda o‘tkazilib, unda talabalarning rus tilida tinglab tushunish, so‘zlash va mantiqiy izchilikda bexato yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

"Teng kurashlar ostida o‘tgan bilimlar bellashuvida ikkala guruhda ham mutlaq g‘oliblikni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Usmonova Nilufar va Mamarasulov Toliblar qo‘lga kiritishdi", - deyiladi xabarda.

Umumjamoa hisobida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Suriya, Tojikiston, Afg‘oniston, Zambiya, Vyetnam va Misr vakillari qo‘lga kiritishdi. Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham onlayn rejimida o‘tkazildi. Barcha sovrindorlar nomi ma’lum qilinib, ularga g‘oliblik sertifikatlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0