“O‘zbekiston havo yo‘llari” bugundan Gruziyaga parvozlarni amalga oshiradi

Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi ta’kidlangan.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 2019-yil 16-iyuldan boshlab Toshkent- Tbilisi -Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Havo yo‘llari rossiyalik turistlarni Gruziyaga olib borishga bel bog‘ladi

Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:

Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30

Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50

Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40

Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00

Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "O‘zbekiston havo yo‘llari" Rossiyalik sayyohlarni Gruziyaga olib borish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilayotgani xabar qilingan edi.