AQSh hasaddan S-400 kamchiliklarini izlamoqda – ekspert

Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazib berishni boshladi. Turkiya qurol tanlashda Rossiyaga ishonch bildirgani amerikaliklarning paytavasiga qurt tushirdi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Jahon qurol savdosi tahlili markazi direktori Igor Korotchenko Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari kamchiliklarini izlayotgan amerikalik ekspertlar tadqiqotlariga o‘z munosabatini bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ekspert: Turkiyaga S-400 yetkazib berilishi – NATO ichiga qoqilgan pona bo‘ldi

“Amerikaliklarning S-400 kamchiliklarini izlashlari tushunarli. Ular Rossiya muvaffaqiyatiga hasad qilish tufayli yuzaga kelgan. Axir bugungi kunda S-400  Kalashnikov avtomati singari butun dunyoga mashhur bo‘lgan brend hisoblanadi. Hattoki NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya ham Amerikaning Patriot᾽ni emas, balki Rossiyaning bu majmuasini xarid qilishga qaror qildi. Bu AQShning obro‘siga putur yetkazmoqda, uni  tanqid va masxara mavzusiga aylantirdi”, - dedi Korotenko.

Ekspertning ta’kidlashicha, Stratfor maqolasida ta’riflangan cheklovlar har qanday havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga xosdir.

Igor Korotchenko S-400 majmuasining eksport imkoniyatlari Turkiya va Hindiston bilan bo‘lgan shartnomalar bilan cheklanib qolmasligini qayd etdi. Rossiyaning ushbu havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga 10 dan ziyod davlat qiziqish bildirishmoqda va xarid qilishlari mumkin. Bu esa o‘z o‘rnida qurol bozoridagi AQShning obro‘siga yanada putur yetkazadi.

Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi

“S-400 Patriot PAC-3ning eng yangi versiyaga qaraganda qator muhim afzalliklarga ega, masalan, tarqatish tezligi, shovqinga chidamlilik, jangovar samaradorlik va nishonni yo‘qotish masofalari kabilardir. Hozirda 10 dan ortiq davlat S-400 xarid qilish uchun ariza berishdi va Rossiya ular bilan aniq muzokaralar o‘tkazmoqda, mana shuning uchun amerikaliklar asabiylashmoqda, - deya ta’kidladi Korotchenko.

AQSh bosimiga qaramasdan Hindiston Rossiyadan S-400 sotib oladi

Rossiya Turkiyaga S-400ning to‘rtta divizionini yetkazib berishi kerak. Ularning qiymati 2,5 milliard dollarga baholanmoqda. S-400 bo‘yicha kelishuvning bir qismini Anqaraning o‘zi to‘laydi, bir qismi Rossiya krediti hisobiga amalga oshiriladi.

Turkiya S-400ni o‘rganish uchun Rossiyaga askarlarini yubordi

Rossiya 12-iyuldan Turkiyaga S-400 qismlarini yetkazib berishni boshladi. Hozirda majmuaning qolgan qismlarini yetkazib berish davom ettirilmoqda.

Turkiyaning Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishi xalqaro janjalni keltirib chiqardi: AQSh Anqaradan bu kelishuvdan voz kechishni va o‘rniga o‘zining Patriot majmualarini xarid qilish talabini qo‘ydi.

Ushbu taklif rad etilgan holatda Vashington Anqaraga yangi F-35 qiruvchilari savdosini ushlab turish yoki umuman bu kelishuvdan voz kechish bilan dag‘dag‘a qildi. Ammo Turkiya ortga chekinishdan bosh tortdi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an S- 400 kelishuvini Turkiya tarixidagi eng muhim kelishuv deb atadi.

Ma’lumot uchun, S-400 "Triumf" — o‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi zenit raketa majmuasi bo‘lib, uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron ta’sir sharoitlarida ham qo‘llash mumkin.