Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi ilk bor suhbatning asosiy mavzusi ma’lum qilindi

Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk bor telefon orqali suhbatlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk bor telefon orqali suhbatlashdi.

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, muloqot o‘tkazish tashabbusi Ukraina tomonidan bildirilgan.

Dmitriy Peskovga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Donbassdagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qilishgan.

Putin Kiyev bilan muloqot qilish shartlarini ma’lum qildi

Shuningdek, u Putin va Zelenskiy “ikki tomondan ushlab turilganlar shaxslarni” qaytarish bo‘yicha ekspert darajasidagi ishni davom ettirishga kelishib olishganini ta’kidladi.

“Shuningdek, normand formatida aloqalarni davom ettirish imkoniyati muhokama qilingan”,  - deb iqtibos iqtibos keltiradi Peskov so‘zlaridan RIA Novosti.

Ukraina prezidenti matbuot xizmatida o‘z navbatida suhbatning asosiy mavzusi “asirda ushlab turilgan harbiy dengizchilarni ozod qilish” bo‘lgani xabar qildi.

“Shuningdek, gap Rossiya hududida saqlanayotgan Ukrainaning boshqa fuqarolarini qaytarish haqida bordi”, - deyiladi Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Zelenskiy Putinga murojaat qildi

Ilgariroq Zelenskiy Putinga Minskda uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan edi. U bu uchrashuvda AQSh, Fransiya, Britaniya va Germaniya rahbarlari ham ishtirok etishlari kerakligini ma’lum qilgan edi. Lavrov Zelenskiyning Putin bilan uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifigaizoh berib, Rossiya Ukraina sharqidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirgan edi.

Putinning o‘zi esa Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Rossiya Donbassdagi mojaroni  hal qilishning birorta formatidan bosh tortmaganini eslatib o‘tgan. U bunday uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.