TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Loyihaga asosan:
- bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimining boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha yagona tizim;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoiy sud ishini yuritish bilan birga ma’muriy va fuqarolik ishlarida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
- bepul yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan shaxslar toifalari hamda bunday yordamni ko‘rsatish shartlari;
- bepul yuridik yordam turlari, shakllari va amalga oshirish usullari;
- davlat hisobidan jalb qilingan advokatlarning faoliyati natijadorligi va sifatini baholash;
- advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik klinika va boshqa subyektlar tomonidan bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish tartibi nazarda tutilmoqda.