Toshkentdagi qator ko‘chalarda harakat cheklanadi

Toshkent shahrida “Xalqaro Olimpiya kuni” doirasida qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Toshkent shahrida “Xalqaro Olimpiya kuni” doirasida qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima – qonun loyihasi

5 iyul kuni: “Ot sporti paradi" o‘tkazilishi munosabati bilan soat 19:00 dan 21:00 gacha A.Temur shox ko‘chasining A.Temur xiyoboni aylanma yo‘lidagi qismida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.

6 iyul kuni: “Ommaviy yurish marafoni”ni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 07:00 dan 08:00 gacha “Xalqlar do‘stligi” maydonidan  I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab I.Karimov ko‘chasi va Afrosiyob ko‘chasi kesishmasigacha, mazkur kesishmadan Olmazor ko‘chasining O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.