Atambayev mitingi yakunlandi: hukumatga qanday talablar ko‘yildi

Norozilik aksiyasi ishtirokchilari rezolyutsiyani qabul qilib, hukumat oldiga bir necha talablarni ilgari surishdi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Bishkekda 3-iyul kuni o‘tkazilgan tinch miting ishtirokchilari mamlakat hukumati oldiga qator talablarni qo‘yishdi.

Qirg‘izistonda Atambayev tarafdorlarining mitingi bo‘lib o‘tmoqda

Sobiq prezident Almazbek Atambayev tarafdorlarining mitingi “Mediaforum” binosi oldida o‘tkazildi. Mitingda 500 dan 1,5 mingacha odam ishtirok etdi. Mitingda Almazbek Atambayev o‘zi ham qatnashdi va  nutq so‘zladi.

Miting ishtirokchilari qonunga rioya qilmaslikni to‘xtatish, Vazirlar Mahkamasini iste’foga chiqarish va “xalq ishonchli hukumati”ni tuzishni taklif qilishdi.

Ular Davlat xavfsizligi xizmati va Ichki ishlar rahbariyati almashtirilishi va huquq tartibot organlarida islohotlar o‘tkazilishini talab qilishdi.

Bundan tashqari, rezolyutsiyada zudlik bilan siyosiy muxolifatchilari ozod qilishi bayon etilgan. Shuningdek, davlat apparati uchun xarajatlarni qisqartirish va hukumatga yangi yetakchilarni kelishini ta’minlash talablari yozilgan.

Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, miting tashkilotchilari butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik aksiyalar uyushtirilishi, prezident iste’foga ketishi va parlamentni tarqatib yuborishni talab qilinishi ma’lum qilindi.