Keyingi yilda hisobvaraq-fakturalar to‘liq elektron shaklda rasmiylashtiriladi

O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Naqd pul, virtual kassa va go‘sht: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Qarorga muvofiq, respublika hududida 2019-yil 1-iyuldan boshlab hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish ixtiyoriy ravishda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy tartibda joriy etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi” DUK elektron hisobvaraq-fakturalarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli rouming operatori etib belgilandi.

Qaror bilan O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.