Yunusobodda o‘z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo‘lga tushdi

Yoshi 50 larga borib qolgan fuqaro muntazam ravishda 100 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uyidan joy berar ekan.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Yunusobod tumanida fohishaxona borligi aniqlandi.

Samarqandda o‘z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 46 yoshli fuqaro muntazam ravishda 100 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uyidan joy berar ekan.

Hozirda ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 131-moddasi bo‘yicha (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.