Rossiya harbiylari yangi S-500 zenit-raketa tizimi bilan ta’minlanadi

Hozirgi vaqtda S-500 tizimining yangi raketalari sinovdan o‘tmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Yaqin yillarda Rossiya harbiyalari yangi S-500 havo mudofaa tizimi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov ma’lum qildi.

Rossiya harbiylari yangi “Qarag‘ay” zenit-raketa tizimini qabul qiladi

“Muvaffaqiyatli sinovlar Mudofaa vazirligiga bu zenit-raketa tizimini yetkazib berish muddatini qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qilishga yordam berdi. Yaqin yillarda S-500 majmualari zenit-raketa qo‘shinlariga olib kelish ishlari boshlanadi”, - dedi Borisov.

Hozirgi vaqtda S-500 tizimining alohida qismlari sinovdan o‘tmoqda. Dunyoda boshqa davlatlarda  o‘xshash bo‘lmagan yangicha raketalar uchirilmoqda. 

Kuni kecha, Rossiya harbiylari yangi “Qarag‘ay” zenit-raketa majmuani qabul qilishi haqida qaror qilingani haqida xabar bergandik. Bu osmondan hujumidan himoyalanish, qisqa masofada jang qilishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi hisoblanadi.