Rossiya harbiylari yangi “Qarag‘ay” zenit-raketa tizimini qabul qiladi

Rossiya harbiylari “Qarag‘ay” zenit-raketa tizimini qabul qilishga qaror qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tkazilgan sinov natijasiga ko‘ra yangi “Qarag‘ay” zenit-raketa majmuani qabul qilishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Rossiya yangi zenit-raketa tizimini tayyorladi

Bu tizimni yetkazib berish 2022-yilga mo‘ljallangan.

“Qarag‘ay” – osmondan hujumidan himoyalanish, qisqa masofada jang qilishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi hisoblanadi. ZRM havo hujum vositalarini yakson qilish, jang vaqtda ish faoliyat to‘liq avtomatlashtirilganligi bilan farq qiladi. Shuningdek, raketa majmuasi nishonga olish lazer-nur tizimi bilan jihozlangan.

Ilk bor bu qurol “Armiya-2018” taqdim etilgan, bu yilgi forumda uning takomillashtirilgan versiyasi namoyish qilinadi.

O‘tgan haftada Rossiyada yangi S-350 “Vitaz” zenit-raketa tizimini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar yakunlangani haqida xabar bergandik.

Raketa majmuasi havo hujum barcha vositalar, shu jumladan kam ko‘ringan nishonlar va uchar raketalarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega.