O‘zbekiston hukumati chet el fuqarolarini OTMlarga qabul qilish tartibini belgiladi

O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Xorijiy fuqarolarning respublika OTMlariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilandi, deb xabar qilindi Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanalida.

O‘zbekiston OTM diplomlari Rossiyada tan olinadi

Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20-iyunda qabul qilingan.

Hujjatga muvofiq, xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga OTM tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.

OTMlarga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.

Ilgari faqat MDH mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar OTMlarga suhbat asosida qabul qilingan, boshqa davlat fuqarolari test topshirgan.