Toshkentda "Yoshlar kuni"ni keng nishonlanadi

Toshkent shahrida "Yoshlar kuni" doirasida o‘tkaziladigan ommaviy-ko‘ngilochar tadbirlar, festival va marofonlar, turli yoshlar aksiyalariga 300 000 dan ortiq yoshlar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida "Yoshlar kuni" doirasida, 20-30 iyun kunlari, Toshkent shahar hokimligi tomonidan 20 ga yaqin yirik ommaviy-ko‘ngilochar tadbirlar, festival va marofonlar, turli yoshlar aksiyalari o‘tkaziladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xumo qushi, ulkan ayol va delfinlar: Toshkentda ilk bor "Gullar festivali" o‘tkazilmoqda

Jumladan, mehribonlik, muruvvat uylari hamda kam ta’minlangan oila farzandlari, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun bayram dasturxoni yozilishi, mahallalardagi kam ta’minlangan oila farzandlariga o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar, shirinliklar tarqatish aksiyalari o‘tkazilishi, kam ta’minlangan yoshlarning nikoh to‘ylarini o‘tkazish hamda "Yaxshilik albatta qaytadi" shiori ostida ommaviy qon topshirish aksiyasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrining barcha tumanlarida 29-30  iyun kunlari "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etiladi, yoshlar muammolari bo‘yicha hokim qabullari o‘tkaziladi.

30 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida  "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkaziladi.

"Sinovdan o‘tdi": Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni Toshkent hokimi etib tayinladi

Madaniy-ko‘ngilochar yo‘nalishda zamonaviy yosh musiqa ijrochilari ishtirokida "I love music" festivali, 27-30 iyun kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlardagi madaniyat va istirohat bog‘larida hamda  hiyobonlarda "Yoshlar sayllari", 29-iyun kuni "Youth Day" nomli ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi.

29 iyun kuni Xalqlar do‘stligi maydonida "Musiqa - jangovar safda" shiori ostida Markaziy harbiy orkestr konserti, 30-iyun kuni "Yoshlar-karting" ommaviy-sport musobaqalari, 29-30  iyun kunlari poytaxt yoshlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida "Toshkent seni sevadi" shiori ostida  Sayilgoh ko‘chasi va Xalqlar do‘stligi maydonida "Youth Day" gala-konsertlari, 30-iyun kuni "Humo" muz saroyida "Yoshlar simfonik orkestri"ning "Yoshlar kuni"ga bag‘ishlangan konserti o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyunni "Yoshlar kuni" sifatida nishonlash taklifi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yilda o‘tkazilgan "Kamolot" qurultoyi ilgari surilgan edi.