Leningradda O‘zbekistonlik migrantlar o‘quvchi qizlarga tajovuz qildi

Uch nafar yovuzniyatli shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan o‘quvchi qizlarga hujum uyushtirgan
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekistondan bo‘lgan mehnat muhojirlari maktab o‘quvchilariga tajovuz uyushtirib, ularni talon-taroj qilgan, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Moskvada migrantlar ishtirokida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda bir kishi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Leningrad viloyati Sheglovo-1 posolkasida uch nafar migrant 14 yoshli qizlarga tajovuz uyushtirgan. Migrantlar qalampirli ballonchadan foydalanishgan, o‘quvchi qizlarga kuch ishlatib, so‘ng ularning smartfonlarini tortib olganlar.

Hodisa 16-iyun kuni ro‘y bergan.

Politsiya 22 yoshli Tojikiston fuqarosini va ikki nafar 21 yoshli O‘zbekiston fuqarolarini qo‘lga olgan.

Talonchilarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xabarda aytilishicha, migrantlar hech qayerda rasman ishlamagan.